Sport | 23:37 / 22.12.2015
3160
1 daqiqa o‘qiladi

Berluskoni: Bu yil «Milan» uchun 150 mln yevro sarfladim. Albatta g‘azablanaman

«Milan» jamoasi xo‘jayini Silvio Berluskoni o‘z partiyadoshlari bilan o‘tkazilgan kechki ovqatlanish vaqtida jamoadagi ishlardan noroziligini bildirib o‘tdi.

«Men hamon «Milan»ni sevaman. Faqat siz tasavvur qilib ko‘ring, shu yilning o‘zida klub uchun 150 million yevro sarfladim.

Bilmayman, endi yana qachon g‘alabalarga erishamiz. Bundan jahlim chiqmoqda, g‘azabim qo‘zimoqda. Bunday holatda kishining jahli chiqmasligi mumkinmi?» - degan Berluskoni.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» Italiya A seriyasida 17 turdan so‘ng 6 o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Italiya Kubogini ham muddatidan oldin tark etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish