Sport | 10:06 / 22.12.2015
1941
1 daqiqa o‘qiladi

Demen Daff 36 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

Irlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Demen Daff professional futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi faoliyatini "Shemrok Rovers"da, 36 yoshida yakunladi.

"Yaqinlarim bilan bu mavzuni muhokama qildik va yakunda futboldan ketishga qaror qildim. Men bolaligimda orzu qilganim dunyoda yashadim. Men bu dunyoda baxtiyor kunlarni o‘tkazdim”, - dedi Daff RTE telekanali efiri orqali.

Ma'lumot uchun, Demen Daff Irlandiya terma jamoasi tarkibida 100ta uchrashuvda maydonga tushgan va 8ta golga mualliflik qilgan.

U “Chelsi” bilan 2 marta Angliya chempionatida, 1 marta Angliya Kubogi, ikki marta Liga Kubogida zafar quchgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish