13:31 / 22.12.2015
2927

Falcon 9 raketasi Kanaveral burnidan uchirildi

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 raketasi Kanaveral burnidan (Florida shtati) muvaffaqiyat bilan uchirildi. Bu uning iyun oyidagi halokatdan so‘ng birinchi marta uchirilishidir.
Jarayon kompaniyaning shaxsiy saytidan translyatsiya qilib borildi. Yig‘ilganlar quvonch bilan “USA! USA!” deb hayqirganlari videolarda aks etgan.

Kameralar raketa bortida ham o‘rnatilgan. Raketa bortidagi sun'iy yo‘ldoshlar orbitaga chiqarilganidan so‘ng raketaning qaytarilishi rejalashtirilmoqda.

Top