Jahon | 15:51 / 22.12.2015
8627
1 daqiqa o‘qiladi

IShID Suriyadagi maktabni o‘qqa tutishi oqibatida to‘qqiz bola halok bo‘ldi

IShID terroristik guruhi Suriya shimoli-sharqidagi Dayr-az-Zor shahrida joylashgan maktabni minomyotlar orqali o‘qqa tutdi.

RIA “Novosti”ning shahar meriyasidagi axborot manbasi ma'lumotiga ko‘ra, otishma oqibatida yetti bola hayotdan ko‘z yumdi, 15 nafari jarohat oldi.

“Terroristlar minomyotlar orqali Xrabish mavzesidagi maktabni o‘qqa tutishdi. Otishma bugun (22 dekabr) ertalab sodir bo‘ldi, to‘qqiz bola vafot etdi”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Suriya milliy agentligi IIVdagi axborot manbasiga tayanib xabar berishicha, snaryadlar ertalab markaziy maydonga kelib tushgan. Ushbu axborot manbasi ham to‘qqiz bolaning halok bo‘lgani, 15 nafarining jarohatlanganini tasdiqladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish