Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Las-Vegasda avtomobilni odamlar ustiga bostirib borgan ayol mashinada qizi bilan yashagan
21 dekabr kuni AQShning Nevada shtatidagi Las-Vegas shahrida, "Dunyo Go‘zali-2015" g‘olibini taqdirlash marosimi o‘tkazilayotgan Planet Hollywood mehmonxonasi yaqinida to‘planib turgan odamlar ustiga avtomobilini bostirib borib, 1 kishining o‘limi va 37 kishining jarohatlanishiga sababchi bo‘lgan ayol mashinada o‘z qizi bilan yashab yurgani aniqlandi. Bu haqda AVS xabar tarqatdi.
Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, u xarajatlarni tejash uchun avtomobilda qizi bilan yashashga majbur bo‘lgan.
Tergovning aniqlashicha, u hodisa yuz bergan kuni Dallasga qizining otasini qidirib yo‘lga chiqqan edi.
Bundan oldinroq, odamlar ustiga mashinasini haydab borgan bu ayol mast holda bo‘lgani va unda bu mashinani boshqarish uchun guvohnomasi bo‘lmagani xabar qilingandi.
Politsiyachilar dastlab bu holatni terakt sifatida tekshirishgan.