Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:28 / 22.12.2015
3630
1 daqiqa o‘qiladi
Madinada 5 mingdan ortiq noqonuniy muhojir hibsga olindi
Saudiya Arabistoni xavfsizlik xizmatlari Madina shahrida Safar oyi davomida 5 013 nafar noqonuniy muhojirni qo‘lga oldi.
Bu haqda Arabnews.com sayti xabar bermoqda.
Madina politsiyasi rahbari Abdulhodiy ash-Shahroniyning so‘zlariga qaraganda, mehnat va migratsiya qoidalarini buzgan turli davlat fuqarolari bir oy mobaynida aniqlanib, qo‘lga olingan.
Bunday kampaniya boshlanganidan buyon Madinada hibs etilgan noqonuniy muhojirlarning umumiy soni 104 788 kishini tashkil qiladi, deb qo‘shimcha qildi politsiya generali.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish