09:56 / 22.12.2015
1997

Matich ketma-ket ikkinchi yil Serbiyaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

«Chelsi» yarim himoyachisi Nemanya Matich Serbiyada 2015 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va bu uning ketma-ket ikkinchi yil ushbu sovringa ega chiqishi bo‘ldi. Bu haqda Serbiya futbol federatsiyasi sayti xabar tarqatdi.

Ushbu tayanch yarim himoyachisi 2015 yilning mayida londonliklar jamoasi bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Serbiyaning eng yaxshi murabbiyi deb «Chikago Fayr» klubida ishlayotgan Velko Paunovich tan olingan.

Top