12:56 / 22.12.2015
31564

Moskva janubi-g‘arbida O‘zbekistonning sobiq bosh vazir o‘rinbosari hibsga olindi

Moskva shahrining janubi-sharqida O‘zbekistonning sobiq bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri Valeriy Atayev byudjyet mablag‘larini o‘zlashtirish va o‘z lavozimini suiiste'mol qilishda ayblanib politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda huquq tartibot organlaridagi manbasiga asoslangan holda The Moscow Post xabar tarqatdi.

Atayev Rossiya fuqaroligiga ega hisoblangani uchun uni O‘zbekistonga darhol qaytarmaslik bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Atayev Moskvaning Gagarin tumani prokuraturasi tomonidan tergov qilinishi aytilgan.

Ma'lumot uchun, Atayev 1994 yilda O‘zbekistonda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga rahbar bo‘lgan. U 2000 yilda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Top