Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Novosibirsk yaqinidagi chiqindixonada 29 muhojir joylashib olgani aniqlandi
Novosibirsk yaqinidagi maishiy chiqindilar poligonida Rossiyaning migratsiya xizmati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv paytida 29 muhojir yashayotgani aniqlangan, deb aytilmoqda boshqarma bergan xabarda.
“Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot muassasalari xodimlari bu yerda xorijlik fuqarolar yashayotgan ko‘plab vagonchalar va mustaqil ravishda qurib olingan uychalarni aniqlashdi”, deyilmoqda xabarda.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra Novosibirsk viloyatida migratsiya qonunchiligini buzgan holda yashayotgan 15 xorijlik aniqlandi. Ularning 9 nafariga nisbatan 5 yilga Rossiya hududiga kirishni taqiqlash bilan Rossiyadan chiqarib yuborilishi qarori qabul qilindi.
Yana 8 kishi xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus muassasaga joylashtirildi.