Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy: AQSh Afg‘onistonda terrorchilikka qarshi kurashni davom ettiradi
AQSh Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlashni va bu mamlakatda terrorchilik xavfiga qarshi kurashishni davom ettiradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning bayonotida aytilmoqda. Bu bayonot Bagram aviabazasi yaqinida 6 nafar amerikalik harbiyning ekstremistlar qo‘lidan halok bo‘lgani bilan bog‘liq holda tarqatilgan.
“Biz avvalgidek Afg‘oniston xalqi va hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqchimiz. Biz ular bilan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida ishlashni bu hududda terrorchilik xavfiga qarshi kurash bo‘yicha missiyamizdan voz kechmagan holda davom ettiramiz”, deyilmoqda xabarda. Oq uy halok bo‘lgan harbiylarning yaqinlari va qarindoshlariga hamdardlik bildirdi.
Harbiylar Bagram aviabazasidan tashqari hududni nazorat qilayotganlarida qo‘lbola portlovchi qurilma bilan jihozlangan transport vositasi portlashi oqibatida halok bo‘lganlar.