Jahon | 10:05 / 22.12.2015
3392
2 daqiqa o‘qiladi

Ostona va Urumchi yangi tezyurar poyezd bilan bog‘lanadi

2017 yilda har kuni “Ostona–Olmaota–Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha “Talgo” tezyurar poyezdi harakatlana boshlaydi. Bu haqda 21 dekabrda o‘tkazilgan matbuot-anjumanida “Kazaxstan temir joly” milliy kompaniyasi vitse-prezidenti Berik Kamaliyev ma'lum qildi.

Kamaliyev yaqin kelajakda yangi, qulayroq vagonlar foydalanishga topshirilishini qo‘shimcha qildi.

“Hozirda 30 sm ga enliroq bo‘ladigan yangi kuzovni yaratish ustida ish olib bormoqdamiz. Vagonlar torligiga e'tirozlar bildirilmoqda. Ushbu takliflarni inobatga olib, biz kengroq vagon loyihasini ishlab chiqdik. Keyingi yilda zavodimizda bunday vagonlardan bir necha tarkibini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdamiz”, deb aytdi Kamaliyev.

Kamaliyevning aytishicha, oxirgi 4 yil ichida Qozog‘istonda 9 ta yangi temir yo‘l yo‘nalishi kiritilgan. Ular Ostonani Oqtobe, Atirau, Ust-Kamenogorsk va Chimkent bilan, Olmaotani esa Petropavlovsk, Atirau, Ust-Kamenogorsk va Oqtobe bilan bog‘laydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish