Jahon | 15:48 / 22.12.2015
1805
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistondagi bolalar shifoxonasida gaz portladi, 19 kishi jarohatlandi

Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva provinsiyasida joylashgan bolalar shifoxonasida gaz balloni portlashi oqibatida eng kamida 19 kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda Sinxua agentligi mahalliy OAV ma'lumotlariga asoslangan holda.

Hodisa seshanba, 22 dekabr kuni tongda sodir bo‘lgan. Mahalliy telekanal ma'lumotiga ko‘ra, portlash oqibatida ushbu muassasada davolanayotgan yetti bola, bu yerga kelgan sakkiz kishi va tibbiyot maskanining to‘rt xodimi jarohat olgan. Barcha jabrlanganlar davolashga yo‘naltirilgan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Shifoxona vakilining aytishicha, portlash shifoxonaning bolalar bo‘limidagi ballondan kislorod sizib chiqishi natijasida yuzaga kelgan. Biroq politsiya hodisa terroristik yoki kriminalistik maqsadda amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno etayotgani yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish