Jahon | 23:32 / 22.12.2015
4060
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Netanyaxu Suriyadagi ixtilof va IShIDga qarshi kurashni muhokama qildilar

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Kreml saytida aytilmoqda.

Ta'kidlanishicha, tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyatni, jumladan avvalambor Suriya ixtilofi muammosini muhokama qildilar.

“Vladimir Putin BMT nomi ostida Suriyadagi tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlashning muqobilsizligi va IShID va Suriyada harakat qilayotgan boshqa terrorchilik guruhlariga qarshi murosasiz jangni davom ettirishga urg‘u berdi”, deyilmoqda xabarda.

Qayd etilishicha, Putin va Netanyaxu turli darajalarda, jumladan aksilterrorchilik yo‘nalishida harakatlarni yanada muvofiqlashtirish maqsadida faol suhbatni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish