Jahon | 15:39 / 22.12.2015
3678
1 daqiqa o‘qiladi

RFNX: IShID afg‘on geroini tranzitidan yiliga 200-500 mln dollar daromad qiladi

IShID jangarilari har yili Afg‘onistonda tayyorlangan giyohvand moddalari tashilishi jarayonida ishtirok etish orqali 200-500 mln dollar miqdorida daromad ko‘radi. Bu haqda Rossiya Federal Narkotik moddalarni nazorat qilish xizmati rahbari Viktor Ivanovga asoslanib, "Interfaks" xabar tarqatgan.

Uning aytishicha, IShID jangarilari soni 2014 yilning yozidan buyon Yaqin Sharq hududi orqali giyohvand moddalari tashilishi hajmi ortgani hisobiga 4 barobarga ko‘paygan.

Ivanovning qayd etishicha, har yili Yaqin Sharq va Turkiya yo‘nalishi orqali Yevropa Ittifoqi hududiga 50 tonna miqdorida giyohvand moddalari kirib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish