Sport | 16:00 / 22.12.2015
2960
1 daqiqa o‘qiladi

"River Pleyt" o‘z muxlislarining nojo‘ya harakatlari uchun Messidan rasman uzr so‘radi

Argentinaning "River Pleyt" jamoasi rasmiy saytida "Barselona" jamoasi hujumchisi Lionel Messidan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan qaytishda Tokio aeroportida argentinalik muxlislar tomonidan futbolchiga nisbatan amalga oshirilgan xatti-harakatlar uchun uzr so‘ralgan maktub joylashtirildi.

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida turnir finalida "Barselona" va "River Pleyt" jamoalari uchrashgan, bu uchrashuvdagi gollardan birini Messi urgan, argentinalik muxlislar bundan norozi bo‘lishib, aeroport hududida Messiga tupurishgandi.

Shuningdek, ular "Barselona"ning boshqa futbolchilarini haqoratlashgan.

Shu kunning o‘zida "River Pleyt" jamoasi prezidenti Rodolfo D'Onofrio bu hodisa uchun uzr so‘ragandi.

Qayd etish kerakki, "Barselona" Tokiodagi finalni yutish orqali uchinchi marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi. Kataloniyaliklar bundan oldin 2009 va 2011 yillarda ham bu turnirda zafar quchishgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish