22:42 / 22.12.2015
3859

Saudiya Arabistonidagi kitoblar do‘konlari tarmog‘i o‘z peshtaxtalaridan Donald Trampning kitoblarini olib tashladi

Saudiya Arabistonida ishlovchi Jarir Bookstore kitoblar do‘konlari tarmog‘i o‘z peshtaxtalaridan amerikalik siyosatchi va milliarder Donald Trampning kitoblarini uning AQShga musulmonlarning kiritilishini taqiqlashga chaqiriqlariga javoban olib tashladi.

Kitoblar do‘konlari tarmog‘i 22 dekabrda tvitterda foydalanuvchilardan birining Tramp asarlarini boykot qilish iltimosiga bergan sharhida bu qarori haqida ma'lum qildi.

“Jarir Bookstore musulmonlar va islomga nisbatan haqoratli so‘zlar aytish bilan taniqli bo‘lgan Donald Trampning kitoblarini sotmoqda. Biz ularni sotuvdan olib tashlanishini so‘raymiz”, deb yozgandi 19 dekabrda foydalanuvchilardan biri va o‘zining xabariga Trampning “Think Like a Champion” (Chempion kabi fikr qil) deb nomlangan kitobining arab tilidagi nashrining suratini qo‘shimcha qildi.

“Ushbu kitob nusxalari olib tashlandi, sizga xabaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz”, deb javob berdi 3 kundan keyin foydalanuvchiga Jarir.

Shuningdek, Dubayning Landmark riteyleri Tramp brendi ostidagi mahsulotlarni sotishni to‘xtatib qo‘ydi, golf uchun majmua qurayotgan Dubaydagi qurilish kompaniyasi obektdagi Tramp va uning qizining yaratilajak ko‘chmas mulk suratlari bor tasvirlarini boshqa suratlar bilan almashtirgandi.

Top