Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya TIV rahbari 23-26 dekabr kunlari davomida Xitoyga safar qiladi
Suriya Tashqi ishlar vaziri Volid Muallim joriy hafta davomida Xitoyga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Xitoy TIV vakili Xun Leyga asoslangan holda RIA Novosti xabar tarqatgan.
"Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Ining taklifiga binoan Suriya TIV rahbari Volid Muallim 23 dekabrdan 26 dekabrgacha Xitoyda bo‘ladi", deyilgan xabarda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat vazirlari uchrashuvida Xitoyning Suriyadagi vaziyatga munosabati bildiriladi va bu vaziyatni hal qilish yo‘llari muhokama qilinadi.
Bundan oldinroq, Xitoy Suriya muxolifatini mamlakatdagi siyosiy inqirozni hal qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan muzokaradagi asosiy ishtirokchi tomon sifatida tan olgandi.
Qayd etish kerakki, BMT Xavfsizlik kengashining veto qo‘yish huquqiga ega 5 a'zosidan biri bo‘lmish Xitoy vakili Suriyadagi vaziyatning ikkinchi muhokamasi o‘tkazilgan Vena uchrashuvida qatnashgandi.