16:28 / 22.12.2015
4056

Tbilisidagi avtohalokat oqibatida UYeFA amaldori vafot etdi

UYeFA milliy futbol federatsiyalari bilan aloqalar bo‘yicha menejyeri David Petriashvili Gruziya poytaxti Tbilisida sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida vafot etdi. Bu haqda Gruziya futbol federatsisi xabar tarqatdi.

46 yoshli mutaxassisni poytaxt ko‘chalarining birida politsiyaning patrul mashinasi bosib ketgan. Mazkur ish bo‘yicha mahalliy jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Sport funktsionerining otasi — Tbilisining «Dinamo» klubi safida 1964 yilda Sobiq Ittifoq chempioni bo‘lgan Guram Petriashvili — ham 2002 yilda avtohalokat natijasida vafot etgandi.

David Petriashvili Tbilisining va Moskvaning «Dinamo» jamoalari yoshlari va Sobiq Ittifoq yoshlar terma jamoasi safida to‘p surgan. Oxirgi vaqtlarda u Shveytsariyada yashab, UYeFA shtab-kvartirasida faoliyat olib borayotgandi.

Top