22:31 / 22.12.2015
13726

Toshkentda moliyaviy jinoyatlarni sodir etgan MChJ rahbari qo‘lga olindi

Toshkentda moliyaviy jinoyatlarni sodir etgan MChJ rahbari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Ogoh” nashri.

1972 yili tug‘ilgan Abdurasul Dadaxonov 2010 yildan buyon bir MChJni boshqarib kelgan. U direktor o‘rinbosari Inog‘om Raupov, ombor mudiri Mo‘minjon Rixsitillayev, bosh hisobchi Boboqul Abdurashidov, hisobchi-kassir Xolbadal Obidjanov hamda hamkor qo‘shma korxona rahbari Rahmatjon Nu'monovlarni o‘ziga sherik qilib, 2010-2012 yillarda juda ko‘plab moliyaviy jinoyatlarni sodir etgani aytilmoqda.

Jumladan, jamiyat nomiga arzon baholarda import qilingan tovarlarning to‘siqsiz bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, mahsulot yuzasidan tadbirkorlar bilan muzokaralar olib borib, ular bilan korxona nomiga keltiriladigan tovarlar uchun norasmiy haqlarni o‘zaro kelishib olib, arzon baholarda rasmiylashtirilgan tovarlarni bojxona omboriga joylashtirish, ularni soxta hujjatlar asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan deklarant tashkilotlar orqali bojxona rasmiylashtiruvlarini amalga oshirish singari jinoyatlar amalga oshirilgan.

Oxirgi mahsulot partiyasi asl narxidan 94 mln so‘m arzonroq ko‘rsatilishi natijasida davlatga soliqlar to‘lanmay qolgan.

Jinoiy guruh fosh etilib, javobgarlikka tortilgan.

Top