Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada futbolchi o‘zining qizil kartochka olishiga sabab bo‘lgan futbolchining boshiga tepdi
21 dekabr kuni Turkiyada futbol bo‘yicha havaskorlar ligasida o‘ta yoqimsiz voqea sodir bo‘ldi.
"Sanaysor" jamoasi futbolchisi "Dalikaspor" jamoasi bilan o‘yin vaqtida raqib jarima maydonchasi yaqinida himoyachiga qo‘pollik ishlatdi va uni yiqitdi. Hakam esa voqea joyiga yetib kelib, qoidabuzarni qizil kartochka bilan jazoladi.
O‘zining maydondan chetlatilganiga chidab tura olmagan qoidabuzar esa o‘zi ishlatgan qo‘pollikdan keyin yerda yotgan jabrlanuvchisini yana bir bor tepdi. Bu safar u raqibning oyoqlariga emas, yuzi aralash boshiga tepgan.
Voqea jarayoni tasviri internetga joylashtirilgan. Keyingi jarayonlar haqida ma'lumotlar yo‘q.