17:28 / 22.12.2015
2946

Viber xabarlarni avtomatik tarzda yo‘q qiluvchi funksiya bilan ta'minlandi

Viber messenjerida jo‘natilgan xabarlarni belgilangan ma'lum vaqtdan so‘ng avtomatik yo‘q qilish imkoniyati paydo bo‘ldi, deya xabar tarqatmoqda AppAdvice portali.

Jo‘natilgan xabarlarning «o‘zini-o‘zi yo‘q qilish» funksiyasi foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha Wink ilovasini o‘rnatgandan so‘ng amal qiladi. Hozirda bu ilova iOS va Android operatsion tizimlari uchun mavjud. Yangi funksiya Snapchat chati imkoniyatlarini to‘liq takrorlaydi. Bu funksiyani faollashtirib, video audio va fotolarni ham jo‘natish mumkin.

Wink xizmatini har qanday suhbatlar uchun ishlatish mumkin bo‘ladi. «O‘zini-o‘zi yo‘q qilish» funksiyasi 1, 3, 7, yoki 10 soniyalarda amalga oshirilishi mumkin.

Top