Jamiyat | 17:39 / 23.12.2015
2607
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda 14 mingta ommaviy-madaniy tadbir o‘tkazildi

2015 yil davomida O‘zbekistonda 14 mingdan ziyod ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi: kecha va bugun” mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

"O‘zbeknavo" estrada birlashmasi Bosh direktori Farxod Jo‘rayev so‘zlariga ko‘ra, mazkur tadbirlarning 3,5 mingdan ziyodi Toshkent shahrida tashkillashtirilgan bo‘lsa, qolganlari hududlarda bo‘lib o‘tgan.

Ularning qariyb barchasida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan san'atkorlarning ishtiroki ta'minlangan.
Tadbirda mazkur ommaviy-madaniy tadbirlar ro‘yxatiga yirik davlat marosimlari bilan birgalikda, nodavlat-notijorat tashkilotlari tomonidan uyushtirilgan madaniy tadbirlarni ham kiritish mumkinligi aytib o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish