20:51 / 23.12.2015
4491

AQShda 7 yoshli qiz elf haykalchasini tushirib yuborib, 911 xizmatini chaqirtirdi

AQShning Nyu-Jyersi shtatida yashovchi Izabel La Peruta ismli 7 yoshli qiz elf (pari) haykalchasini tokchadan to‘p bilan urib tushirib yuborganidan keyin 911 qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Izabel “Tokchadagi elf” ommabop bolalar ertak kitobida aytilishicha, agar elfga tegib ketilsa, rojdestvo sehri yo‘qoladi, deyilgani sababli qo‘rqib ketgan.

Ta'kidlanishicha, qiz shoshilinch xizmatlarga telefon qilgani bilgach, ularning uyiga kelmasliklarini so‘ragan, chunki otasiga qo‘ng‘iroq qilaman deb adashib, 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yuborgan. Biroq qoida bo‘yicha, politsiya ko‘ng‘iroq tushgan uyga albatta borishi kerak. Politsiya zobitining aytishicha, u qizchani duv-duv yig‘layotgan alfozda aniqlagan.

Qizning onasining aytishicha, uning qizi politsiyachini uyidan yashirincha haydab yubormoqchi bo‘lganda uyg‘onib ketgan.

AQSh oilalarida kitob tokchasiga elf haykalchasini o‘tqazib qo‘yish an'anasi mavjud bo‘lib, u bolalarning o‘zlarini tutishlarini kuzatib o‘tiradi va bu haqda Santa-Klausga hisobot beradi. Afsonaga ko‘ra, elfga tegish mumkin emas, aks holda uning sehri yo‘qolib qoladi, biroq u bilan suhbatlashsa va u orqali Santa-Klausga sirlarni yetkazsa bo‘ladi.

Top