Sport | 09:38 / 23.12.2015
2257
1 daqiqa o‘qiladi

Blatter Fransiya Kubogi o‘yinini radio orqali sharhlaydi

Futboldagi faoliyatdan 8 yilga chetlashtirilgan Yozef Blatter o‘ziga yangi ish topgani haqida ma'lum qildi. Le Monde nashri xabariga ko‘ra, u Fransiya Kubogi vaqti

"Bu voqealardan keyin sog‘ligimni tiklash va vaqtimni oilamga bag‘ishlashni istayman. Bundan tashqari bir kunga radiojurnalist sifatida ishlab ko‘raman. Fransiya xalqaro radiosi (RFI) meni mamlakat kubogi doirasidagi bir uchrashuvni sharhlab borishga taklif qildi", deydi Blatter.

Eslatib o‘tamiz, 21 dekabr kuni FIFA prezidenti Yozef Blatter va UYeFA rahbari Mishel Platini 8 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyat turidan chetlatilgandi.

Blatter FIFAdan ketgandan keyin radioda ishlamoqchi

Britaniya radiosi Blatterga ish taklif qilmoqda

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish