20:22 / 23.12.2015
4230

Blatter: Platiniga nisbatan hurmatim yo‘qolgan

FIFA prezidenti Yozef Blatterning qayd etishicha, FIFA rahbarligiga, shuningdek JCh-2022 mezbonligi uchun AQSh va Qatar arizalaridan biriga ovoz berish jarayonlarida UYeFA rahbari Mishel Platiniga nisbatan hurmati yo‘qolganini ta'kidlab o‘tdi.

«Platini menga Qatar uchun ovoz berishda ehtiyot bo‘lishimiz kerakligini, chunki kelgusi kuni ko‘pchilik xuddiki FIFA mezbonlikni sotgani haqida gapirishi mumkinligini ta'kidlagandi. Bir hafta o‘tib esa u hammasi o‘zgargani haqida bayonot berdi.

Men hamma vaqt FIFAda bo‘lganimda jahon chempionati mezbonligi hukumat tavsiyasiga binoan bo‘lib chiqilardi. FIFAda doim yirik hamkorlar o‘rtasida navbat bo‘lib kelgan. Amerikaliklar ketgan – boshqasi kelgan. Aslida esa amerikaliklar ketishni istamagan. Ular FIFAdan ketishmagan ham.

Platinini men Blatter uchun ovoz bermagani haqida hammaga gapirib bermaguniga qadar hurmat qilardim. Platini va Jyerom Valke o‘rtasida turli kelishmovchiliklar bo‘lib turardi. Ularning ikkalasi ham FIFA prezidenti bo‘lishni istashgan», – deya Blatterdan iqtibos keltiradi The Wall Street Journal.

Top