13:48 / 23.12.2015
2113

Britaniya banki 93 yoshli faxriyning o‘g‘irlab ketilgan 34 ming dollar pulini to‘lab berdi

Britaniyaning NatWest (National Westminster Bank) banki 93 yoshli Ikkinchi Jahon urushi faxriysining o‘g‘irlab ketilgan 23 ming funt sterling (34 ming dollar) pulini to‘lab berdi. Bu haqda Daily Mail gazetasining elektron versiyasi xabar berdi.

Voqea 14 dekabr kuni sodir bo‘ldi. Keksa erkak bankning Grantem shahridagi filialiga kelib, bankomat yordamida pullarni naqdlashtirmoqchi bo‘lgan. Kuzatuv kameralarining qayd qilishicha, jarayonni kuzatib turgan uch erkak uning diqqatini chalg‘itib, plastik kartalarni o‘zgartirib qo‘ygan. Keyinroq ular mablag‘ni naqdlashtirib, voqea joyidan yashiringan.

“Afsuski, mijozimiz yolg‘on qurboniga aylandi. Biz uning mablag‘larining o‘rnini to‘ldirdik va politsiyachilar jinoyatchilarni topishi uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz”, - dedi bank matbuot kotibi.

Top