Jahon | 19:23 / 23.12.2015
2293
1 daqiqa o‘qiladi

China Southern aviakompaniyasi 2 mlrd dollarga 10 ta Airbus samolyoti sotib oladi

Xitoyning samolyotlari miqdori bo‘yicha eng yirik aviakompaniyasi hisoblanadigan China Southern Airlines 10 ta Airbus samolyoti sotib oladigan bo‘ldi, bitim miqdori 2,27 mlrd dollarni tashkil qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, buyurtma qilingan A330-300 samolyotlari 2017 yildan 2019 yilgacha yetkazib beriladi.

17 dekabrda aviakompaniya 10,1 mlrd dollarga 110 ta Boeing samolyoti sotib olishini e'lon qilgandi. Bu samolyotlar 2017 yildan 2021 yilgacha yetkazib berilishi belgilangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish