Jahon | 18:09 / 23.12.2015
3571
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada ayol homiladorlik niqobi ostida teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilindi

Fransiyaning Monpele shahri politsiyasi tomonidan oilaviy juftlik ayol xonadonidan soxta homiladorlik aksessuari topilganidan so‘ng teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinib qo‘lga olindi.

Midi Libre nashrining xabar qilishicha, ayolning uyi tintuv qilinganida, homilador qilib ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan soxta “qorin” topilgan. Mazkur moslamaning folga qog‘ozi bilan o‘ralgani esa uni portlovchi uskunani metall detektor nazaridan pana qilishga mo‘ljallani to‘g‘risidagi gumonlarga sabab bo‘ladi.

Qo‘lga olingan ayol soxta “qorin”dan mahalliy univermagdan mahsulotlarni o‘g‘irlashda foydalanishni rejalashtirganini ma'lum qildi. Ammo dalillar ayol yaqindagina katta merosni qo‘lga kiritgani, u pulga muxtoj emasligini ko‘rsatmoqda.

Juftlik 13 noyabrdagi Parij voqealaridan so‘ng boshlangan keng ko‘lamli aksilterror tadbirlari doirasida politsiya diqqat markaziga tushgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish