Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada sun'iy yurak qo‘yilgan uchinchi bemor vafot etdi
Fransiyada sun'iy yurak qo‘yilgan bemorlarning vafot etishi bilan bog‘liq uchinchi hodisa ro‘y berdi. Bu haqda bioproteza yaratuvchi Carmat kompaniyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
74 yoshli bemor 18 dekabr kuni olamdan o‘tgan. Uning o‘limiga surunkali buyrak yetishmovchiligi tufayli nafas olishning to‘xtab qolgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Marhumga sun'iy yurak 8 aprel kuni qo‘yilgandi. Avgust oyining so‘nggida u uyiga qaytarib yuborilgan.
Tahlillar uning o‘limiga bioproteza funksiyasida biror-bir aloqadorlik bo‘lmaganini ko‘rsatgan. Qayd qilinishicha, bemorda yurakdan boshqa ham katta muammolar, jumladan buyrak yetishmasligi xastaligi mavjud bo‘lgan.
Fransiya sun'iy yurak qo‘yilgan ikkinchi bemor joriy yilning may oyida vafot etgandi. 69 yoshli erkak shifoxonaga qon aylanish tizimining yaxshi faoliyat olib bormagani tufayli uchun olib kelishgan. Shifokorlar uning sun'iy yuragini almashtirishgan, biroq bemorning hayotini saqlab qolishning iloji topilmagandi.
Carmat sun'iy yuraklarini o‘rnatish bo‘yicha dastlabki jarrohlik amaliyoti 2013 yilning 18 dekabrida bo‘lib o‘tgan. 76 yoshli bemor operatsiyadan 75 kun o‘tib halok bo‘lgandi.