Jahon | 13:32 / 23.12.2015
3828
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Turkiyadan Patriot raketa qurilmalarini chiqardi

Germaniya hukumati Turkiyaning Iskandarun portidan o‘zining Patriot zenit-raketa komplekslarini chiqarishga qaror qildi. Bu haqda SOL xabar bermoqda.

Germaniya rasmiylari Qahramonmarash viloyatidagi harbiy missiyasi mandati 2016 yil yanvarida yakuniga yetishini munosabati bilan bu ish amalga oshirilganini ma'lum qildi. Uning mandati ikkita qurilma va 250 kishini o‘z ichiga oladi.

2013 yil yanvarida Turkiyada AQSh, Germaniya va Niderlandiyaning ikkitadan Patriot tizimlari joylashtirilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish