20:16 / 23.12.2015
3021

Germaniyaning «Shalke»si Rossiyaning «Gazprom» konsernidan 120 mln yevro so‘radi

Germaniyaning «Shalke» jamoasi Rossiyaning «Gazprom» konserni bilan yangi homiylik shartnomasi imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatdi.

Ikkala tomonning amaldagi shartnomasi 2017 yilga qadar mo‘ljallangan, biroq nemis klubi oldinroq hamkorlik muddatini uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Manbada yozilishicha, «Shalke» va «Gazprom» o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralar bahor oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda «Shalke» «Gazprom» bilan homiylik shartnomasiga asosan yiliga 20 million yevro ishlab topadi.

Endilikda gelzenkirxenliklar rahbariyati yangi to‘rt yillik shartnoma evaziga yiliga 30 million yevro ishlab topishni maqsad qilishgan.

Top