Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada parom cho‘kib ketganidan so‘ng 70dan ziyod kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda
Indoneziyaning Sulavesi oroli yaqinida parom cho‘kib ketganidan so‘ng 70 nafardan ziyod yo‘lovchining ism-sharifi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, yetti kishining vafot etgani rasman tasdiqlangan.
Hodisa sodir bo‘lganidan uch kun o‘tib kema kapitani tirik holda topildi. Uning holati kuchsiz deb hisoblanmoqda, shuning uchun so‘roq ishlari keyinga qoldirilgan.
Favqulodda xizmatlar xabariga ko‘ra, tirik qolganlarni topish ilinji tobora so‘nib bormoqda. Biroq qidiruv amaliyoti bir hafta davom etadi. Unda vertolyotgan, baliq ovlovchi kemalar va qayiqlar ishtirok etmoqda.
Guvohlarning ma'lum qilishicha, kemaga ulkan to‘lqin urilib, bir qancha odamlarni bortdan yuvib ketgan.
Avvalroq esa cho‘kib ketgan kemadan 39 kishi qutqarib qolingani aytilgan edi. Kema kapitani va yana bir kishini qo‘shib hisoblaganda, ularning soni 41 nafarga yetdi.