Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada o‘tadigan MDH mudofaa vazirlari kengashida O‘zbekiston vakillari ishtirok etadi
Rossiya poytaxti Moskvada o‘tadigan MDH mudofaa vazirlari kengashining 69-yig‘ilishida ishtirok etib, strukturaning 2016 yilgi faoliyatini muhokama qilish uchun uchrashuvga O‘zbekiston mudofaa vazirligi vakillari yo‘l olishdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar qildi.
Ilgari xabar qilinganidek, tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy idoralari rahbarlari ishtirok etadi. Yig‘ilish chog‘ida turli yo‘nalishlardagi yigirmadan ortiq masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilmoqda. 2015 yildagi hamkorlik yakunlarini ko‘rib chiqish barobarida, 2016 yilga rejalar ham ko‘zdan kechiriladi.
“MDHga a'zo davlatlarning 2015 yilgacha harbiy hamkorligi Kontseptsiyasi realizatsiyasiga yakun yasash va 2016 yildagi hamkorlikni rejalashtirish ko‘zda tutilmoqda”, - deb ta'kidlanadi xabarnomada.
Shuningdek, mudofaa idorasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, mudofaa vazirlarining bir qator ikki tomonlama uchrashuvlari tashkil etiladi, ular harbiy sohadagi hamkorlikning dolzarb qirralari ko‘rib chiqiladi.