Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh SSSRga qarshi yadroviy qurol qo‘llashga tayyor bo‘lgan
Sovuq urush yillari AQSh rahbariyati nafaqat SSSR harbiy va sanoat salohiyatini pasaytirish, balki mamlakat fuqarolarini yo‘q qilish uchun ham yadroviy qurol qo‘llashga tayyor bo‘lgan. Bu haqda New York Times gazetasining elektron versiyasida chop etilgan maqolada aytildi.
Nashr jurnalistlari AQSh milliy arxivlari tomonidan maxfiylikdan olib chiqilgan hujjatlar bilan tanishib chiqishdi. 1959 yilga oid materiallarda Vashington yadroviy qurol yordamida hujum qilishga tayyor bo‘lgan SSSR, XXR va Sharqiy Yevropadagi nishonlar ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, udar orasida “aholi” kategoriyasi ham tilga olingan.
Masalan, Moskvada AQSh harbiylari 179 nishonni ajratib ko‘rsatgan, Leningradda 145, Sharqiy Berlinda 91 nishon ko‘rsatilgan. Bularning ko‘pchiligi sanoat komplekslari va hukumat binolaridir. Har bir shaharga oid ro‘yxatda “aholi” degan kategoriya tilga olingan.
“Bu odamni hayratlantiradi – nishon tariqasida aholi to‘planish joylari tanlangan”, — deydi Jorj Vashington universiteti ilmiy xodimi Uilyam Burr. Aynan u 2006 yilda milliy arxivga hujjatlarni oshkor qilish talabnomasini yuborgan edi.