15:34 / 23.12.2015
3264

OAV: Benites futbolchilar bilan muammo tufayli yaqin kunlarda «Real»dan iste'foga chiqarilishi mumkin

«Real» bosh murabbiy Rafael Benitesni iste'foga chiqarishi mumkin.

"Real" Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida «Rayo Valekano» ustidan yirik hisobda (10:2) g‘alaba qozonganiga qaramay, 55 yoshli mutaxassis iste'foga chiqarilishi va 30 dekabr kuni «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinga jamoani boshqa murabbiy tayyorlashi mumkin, deya xabar bermoqda Cadena SER.

Manbaga ko‘ra, jamoa va Benites o‘rtasida yakuniy kelishmovchilik yuzaga kelgan va futbolchilar murabbiyning klubda qolishini istashmayapti.

Top