12:49 / 23.12.2015
3441

OAV: Xitoydagi halokatli yer o‘pirilishiga noqonuniy chiqindixona sabab bo‘lgan

20 dekabr kuni Xitoy janubidagi Guandun viloyatida joylashgan Shenchjen shahrida yuz bergan yer o‘pirilishi hodisasiga hududda noqonuniy ravishda ulkan chiqindixona tashkil qilingani sabab bo‘lgan. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslangan holda TASS agentligi xabar tarqatgan.

"Bu hodisa hududda sun'iy yo‘l orqali yuzaga kelgan chiqindixona tufayli sodir bo‘lgan. Bu yerda tabiiy yer ko‘chkisi sodir bo‘lmagan", deydi tahlilchilar.
Ayni vaqtda hududdagi Shenzhen Yixianglong kompaniyasi ofislari politsiya tomonidan yopib qo‘yilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mahalliy hukumat bu kompaniyaga 2015 yilning fevraligacha o‘z korxonalaridan chiqqan chiqindilarni shu hududga tashlashga ruxsat bergan. Lekin kompaniya bu muddat o‘tib ketganidan keyin ham chiqindi tashlashda davom etgan. Ayni vaqtda kompaniya rahbari o‘rinbosari Yuy Shenli so‘roq qilinmoqda.

Xitoy janubida odamlar to‘la uyni ko‘chki bosib qoldi

Xitoydagi ko‘chki vayronalari ostida 67 soat qolib ketgan erkak qutqarildi

Xitoyda bir necha ming kishi ko‘chki yuz bergan joyni vayronalardan tozalamoqda

Top