17:53 / 23.12.2015
4426

O‘zbekiston markaziy banki 2020 yilgacha bank sohasini rivojlantirish parametrlarini taqdim etdi

O‘zbekiston markaziy banki tijoriy banklar uchun bir qator yangi imtiyozlarning joriy etilishiga erishmoqchi, deyiladi 2020 yilga qadar bank-moliya tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning barqarorligini ta'minlash dasturi loyihasining matnida. Ushbu hujjat moliyaviy regulyator tomonidan taqdim etildi.

Umuman olganda, dastur to‘rt asosiy trendga yo‘naltirilgan: molyaviy barqarorlikni mustahkamlash va banklar taqdim etayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, xalqaro me'yorlar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlarini joriy etish ishini davom ettirish, bank tizimini mustaqil baholashni takomillashtirish, shuningdek, naqdsiz hisob-kitob tizimini kengaytirish.

Xususan, 2016 yilning 1 yanvaridan 2020 yil 31 dekabriga qadar tijoriy tashkilotlar plastik kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun qo‘llanadigan bankomatlar, to‘lov terminallari va kommunal moslamalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinishi mumkin.

Shuningdek, elektron to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi. Tegishli dasturni ishlab chiqish axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga zimmasiga yuklanadi. Ish internet provayderlari hamda mobil aloqa operatorlari bilan hamkorlikda olib boriladi.

Kutilishicha, vazirlik joylarda yuqori sifatli aloqa kanallarini yaratish ishini faollashtiradi. Buning uchun yangi optik tolali kabellar yotqizish, dasturiy ta'minot komplekslarini modernizatsiya qilish talab etiladi.
Mobil aloqa operatorlari uzoq hududlarga qo‘shimcha antennalar o‘rnatish hamda mavjud infrastrukturani modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi.

Top