O‘zbekiston | 11:36 / 23.12.2015
2960
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Moskvada MDHga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi 23 dekabrda Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari kengashining 69-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Kengash ishida, shuningdek, Rossiya, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston mudofaa vazirliklari delegatsiyasi ishtirok etadi.

Yig‘ilish tashkilotchilarining ma'lumotlariga ko‘ra, yig‘ilish natijalariga ko‘ra havo hujumiga qarshi mudofaa birlashgan tizimi, aloqa tizimini rivojlantirish, gumanitar minasizlashtirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, harbiy xodimlarni o‘qitish, tezkor va jangovor tayyorgarlik bo‘yicha birgalikdagi tadbirlar, MDH formatida harbiy-sport tadbirlarini o‘tkazish masalalari bo‘yicha yechimlar qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi bunday uchrashuv 2015 yil 3 iyunda Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda MDH mudofaa vazirlari kengashi harbiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ma'qullab, 2016 yil uchun MDHga a'zo davlatlar qurolli kuchlarining birgalikdagi tadbirlari rejasini tasdiqlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish