Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti ozarbayjonlik hamkasbini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik maktubini yo‘lladi. Bu haqda Ozarbayjon davlat axborot agentligi xabar bermoqda.
“Sizning tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan samimiy qutlovlarimni va eng yaxshi tilaklarimni qabul qiling”, - deyiladi maktubda.
O‘zbekiston rahbari ozarbayjonlik hamkasbiga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilab qoldi.
“Sizning bevosita rahbarliginingiz ostida o‘tkazilayotgan ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalaridagi keng miqyosli o‘zgarishlar va Ozarbayjonning iqtisodiy rivojlanishi mamlakat davlat mustaqilligining hamda uning xalqaro maydondagi nufuzining izchil mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda”, - deb ta'kidlanadi maktubda.