O‘zbekiston | 22:01 / 23.12.2015
8089
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida haydovchilik guvohnomalari o‘zaro tan olinadi

24 dekabr kuni O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish va almashtirish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kiradi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabaricha, mazkur bitim 2015 yilning 28 mayida Seul shahrida imzolangan.

Bitimga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari nazariy va amaliy imtihonlar topshirmasdan o‘z guvohnomalarini Janubiy Koreya haydovchilik guvohnomasiga almashtirganlaridan so‘ng Koreya Respublikasi hududida transport vositalarini boshqarishlari mumkin.

Koreya Respublikasi haydovchilik guvohnomasi, basharti Koreya Respublikasi vakolatli organi tomonidan qo‘yilgan apostil hamda O‘zbekiston Respublikasidagi notarial idora tomonidan tasdiqlangan o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston hududida O‘zbekiston Respublikasi haydovchilik guvohnomasi bilan teng ravishda amal qiladi deb tan olinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish