11:08 / 23.12.2015
19095

O‘zbekistonda nikohning noan'anaviy shakllari qabul qilinmaydi

17 dekabr kuni hukumat qoshidagi ijtimoiy tadqiqotlar institutida 2015 yili O‘zbekistonda o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasida mustahkam oila va reproduktiv sog‘liqni shakllantirish omillari” mavzuidagi sotsiologik tadqiqot yakunlarini muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadqiqot institut tarafidan BMT fondi ko‘magida o‘tkazildi. Tadqiqotga sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorlik qildi.

O‘tkazilgan tadqiqot yakunlariga ko‘ra respublika ahli oila institutining davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ijobiy tajriba deb baholamoqda. Yoshi ulug‘ avlod saqlab qolgan milliy qadriyatlar yosh avlod tarbiyalashga hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.

Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar onalik va bolalik himoyasini ta'minlash, oilalar, onalar va bolalar sog‘lig‘ini asrashga qaratilganini, bu tashabbuslar aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Mamlakatda milliy qadriyatlar saqlanayotgani, mahalliy aholi mentaliteti nikoh va oilaning noan'anaviy shakllarini qabul qilmasligi alohida ta'kidlab o‘tildi.

Top