O‘zbekiston | 19:27 / 23.12.2015
6168
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning bosh archasi 28 dekabrda ochiladi

Mamlakatimizning bosh maydoni – “Mustaqillik” maydoni, Chilonzor tumani Algoritm dahasidagi “Roison elektroniks” korxonasi oldi hududi va “Xadra” maydonida 28 dekabrdan e'tiboran katta bayram tantanalari bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda har uch manzilda archalarni o‘rnatish, savdo shoxobchalari, turli attraksionlarni joylashtirish ishlari avjida.

Mutaxassislarning ma'lumot berishlaricha, “Mustaqillik va ezgulik” arkasi oldida shu hafta yakuniga yasatib bo‘lishi rejalashtirilayotgan archaning bo‘yi 26, diametri 9 metrni tashkil qiladi. Archa 1800 dona o‘yinchoq hamda “Toshshaharnur” DUK tomonidan chiroqlar marjoni (girlyanda) bilan bezatiladi. Shuningdek, maydonda 24 ta bezatilgan savdo va 15 ta yengil savdo shoxobchalari xizmat ko‘rsatadi.

Bayram kunlari maydonlarda yurtimizning taniqli san'at ustalari, yosh ijrochilar va albatta, teatrlarning aktyorlari ishtirokida bayramona, teatrlashtirilgan dasturlar tashrif buyuruvchilarga xushnudlik ulashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish