13:52 / 23.12.2015
2651

Qozog‘iston BMTning tinchlikparvar operatsiyalarida ishtirok etishga tayyor

Qozog‘iston harbiylari BMTning tinchlikparvar operatsiyalarida ishtirok etishga tayyor. Bu haqda 23 dekabr kuni tashkil etilgan matbuot anjumani chog‘ida mamlakat tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov bayonot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, joriy yilda respublikada qabul qilingan tinchlikparvar faoliyat to‘g‘risidagi qonunda bu holat qayd qilib o‘tilgan.

“Qonunning mohiyati shundaki, Qozog‘iston o‘zining BMT oldidagi tinchlikparvar operatsiyalarda ishtirok etish bo‘yicha majburiyatlarini hurmat qilishi lozim, lekin shu paytning o‘zida u tinchlikparvar kuchlarimizni chet elga jo‘natish bo‘yicha qaror qabul qilishga alohida mas'uliyat bilan yondashadi”, - ta'kidladi Idrisov.

“Qozog‘iston shu kunga qadar tinchlikparvarlik salohiyatini rivojlantirib bordi”, - qo‘shimcha qildi vazir.

Top