16:39 / 23.12.2015
4331

Qozog‘istonda avtomobil uchun davlat bojlari yana ko‘tarildi

Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi turli tovarlar qatorida avtotransport vositalaridan ham undiriladigan davlat bojlarining kamaytirilishi bilan bog‘liq buyruqning amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda “Kolyosa” sayti yozmoqda.

Bojxona to‘lovlarining sezilarli darajada tushirilishi mamlakatda 15 dekabr kuni sodir bo‘lgan edi. U mamlakatning Xalqaro savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi munosabati bilan joriy etildi.

Ammo yangi tariflar roppa-rosa uch kun ishladi, shulardan ikki kuni – 16 va 17 dekabr kunlari – Mustaqillik kunining nishonlanishi munosabati bilan qo‘llanmadi.

18 dekabr kuni kuchga kirgan yangi buyruqqa muvofiq past narxlarning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Top