21:17 / 23.12.2015
5623

Rossiya aviatsiyasi 5 kun ichida jangarilarning minglab obektlarini bombardimon qildi

Rossiya aviatsiyasi 5 kun ichida Suriyadagi jangarilarning mingdan ko‘proq obektiga aviazarbalar berdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“O‘tgan 5 kun, ya'ni 18 dekabrdan 23 dekabrgacha Rossiya aviaguruhi samolyotlari Suriyada 302 ta harbiy parvoz amalga oshirib, Halab, Idlib, Dayr az Zaur, Hama, Xoms viloyatlarida jangarilarning 1093 ta obektiga zarba berdi”, deb ma'lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.

Konashenkovning ma'lum qilishicha, yo‘q qilingan obektlar orasida MDH davlatlaridan kelganlarni tayyorlaydigan mashg‘ulot lageri ham bo‘lgan.

Top