22:15 / 23.12.2015
6564

Rossiya aviatsiyasi Idlibdagi Turkiya va MDHdan chiqqan jangarilarning mashg‘ulot lagerini yo‘q qildi

Rossiya aviatsiyasining zarbasi natijasida Suriyaning Idlib viloyatida jangarilarning mashg‘ulot lageri yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“Idlib viloyati Xabit aholi punkti hududida Su-34 bombardimonchi samolyoti tomonidan Suriyaga qo‘shni davlatlardan kelgan ko‘plab tajribali instruktorlar bo‘lgan yirik mashg‘ulot lageri yo‘q qilindi. Turkiyadan bu yerga kelayotgan jangarilardan katta qismini MDH davlatlari fuqarolari tashkil qiladigan lager haqidagi axborot Suriyaning vatanparvar muxolifati vakillari tomonidan bir hafta avval olingan”, deb aytdi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.

Top