15:53 / 23.12.2015
5527

Rossiya markaziy banki: rubl kursining beqarorligi 3 barobarga kamaydi

Rossiya milliy valyutasining kursidagi beqarorlik va o‘zgaruvchanlik o‘tgan yilgiga nisbatan 3 barobarga kamaydi. Bu haqda mamlakat markaziy banki raisi Elvira Nabiullina Interfaks agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Kurs shakllanishining suzuvchi tartibi Rossiya iqtisodiyotiga bugungi kunda juda mos keladi. Biz kurs beqarorligi aholini ham, biznesni ham bezovta qilayotganini tushunib turibmiz. Lekin vaziyatning keskinligi pasaymayapti”, - tan oldi u.

Nabiullinaning so‘zlariga qaraganda, neft narxlari barqaror bo‘lgan taqdirda rublning hatto “suzuvchi” kursi ham bu qadar ko‘p o‘zgarishlarga uchramagan bo‘lardi.
“Yana bir asosiy omillardan biri, mening fikrimcha, diversifikatsiya: iqtisodiyotimiz ko‘proq diversifikatsiyaga uchrasa, shu jumladan, eksport diversifikatsiyasiga erishilsa, kurs barqarorroq bo‘ladi”, - ta'kidladi Nabiullina.

23 dekabr holatiga ko‘ra birjada 1 dollar 70.96 rublni (35 tiyinga tushish), 1 yevro 77.46 rublni (63 tiyinga tushish), Brent rusumli neftning 1 barreli 36.47 dollarni tashkil qilmoqda.

Top