Jahon | 07:54 / 23.12.2015
3013
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Sberbanki prezidenti Gref: 2016 yil banklar uchun yengilroq bo‘ladi, biroq iqtisodiyot uchun emas

2016 yil bank sektori uchun o‘tayotgan 2015 yildan yaxshiroq bo‘ladi, biroq Rossiya iqtisodiyoti uchun emas, deb hisoblamoqda Rossiya Sberbanki prezidenti German  Gref. U bu haqda “Kommersant'” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Agar nimadir g‘ayriodatiy narsa yuz bermasa 2016 yil bank sektori uchun birmuncha yaxshiroq bo‘ladi. Fikrimcha, biz bu yil rezervlarni shakllantirishning cho‘qqisidan o‘tdik. Sog‘lom banklar yomon qarzlarni eplay oladilar va keyingi yil osonroq bo‘ladi. Banklar uchun, biroq iqtisodiyot uchun emas”, deb aytdi Gref 2016 yilda kutilajak iqtisodiy natijalar haqidagi savolga javoban.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish