10:13 / 23.12.2015
1956

Sidneyda ikki yigit terakt uyushtirishga tayyorlik ko‘rgani uchun hibsga olindi

Sidneyda o‘tkazilgan aksilterrorchilik reydi davomida Avstraliya politsiyasi 20 va 24 yoshdagi ikki yigitni hibsga oldi, deb xabar bermoqda 9News.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ulardan biri terakt tayyorlash maqsadida til biriktirishda, ikkinchisi esa unga ko‘mak berishda ayblanishi mumkin. Bu jinoyat uchun 15 yillik qamoq jazosi belgilangan.

Tergovning fikricha, yigitlar terakt amalga oshrmoqchi bo‘lgan, biroq ularning rejalari barbod bo‘lgan. Politsiyaning aytishicha, “Vullumulu” harbiy-dengiz bazasi ularning nishonlaridan biri bo‘lgan.

Reyd davomida yana 5 kishi, jumladan yigitlardan birining ukasi ham qo‘lga olindi.

Avvalroq ham Avstraliyaning yana bir shahri Melburnda 17 yoshli o‘smir teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinib hibsga olingandi.

Top