Jahon | 07:04 / 23.12.2015
5480
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tashlandiq joyda issiqliq elektr stansiyasi paydo bo‘ladi

“O‘zbekenergo” AJ Toshkentning Yunusobod tumanida quvvati 27 Mvt dan bo‘lgan 4 ta gaz turbinali qurilmaga ega issiqlik elektr stansiyasi qurish loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash loyihasini tayyorladi, deb xabar bermoqda Sputnik Uzbekistan nashriga tashkilotdagi manba.

Suhbatdoshning aytishicha, qurilmalar 4-issiqlik markazi hududiga yondosh tashlandiq hududda qurilmoqchi. Loyiha poytaxt aholisini issiqlik va elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash, tabiiy yonilg‘i-energetik zaxiralarni tejash va yangi ishchi o‘rinlarini yaratishga qaratilgan. 

“Yangi qurilish uchun yer ajratdik, hozir bu yerga gaz olib kelishni hal qilmoqdamiz. Keyin tender o‘tkazish uchun tashkiliy ishlarni boshlaymiz. Yangi gaz turbinali qurilmalarni foydalanishga kiritish bir qator texnologik innovatsiyalar hisobiga turar joy binolariga shovqin va titrash bilan ta'sir qilishni kamaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, tumandagi ekologik vaziyat ancha yaxshilanadi”, deb aytdi mutaxassis.   

Bu loyiha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) krediti hisobiga amalga oshiriladi. Agentlikning majburiy shartlariga ko‘ra, qurilishni amalga oshirish uchun yon-atrofdagi aholining ruxsatini olish kerak bo‘ladi, shu sababi “O‘zbekenergo” yil boshida aholi bilan bir qator uchrashuv va seminarlar o‘tkazdi va ushbu loyihaning afzalliklari bilan uni tanishtirdi.

Loyihaning yana bir afzalligi shundaki, qurilaj IES o‘rnida avval ruxsat berilmagan chiqindixona joylashgandi, bu chiqindixona IES qurilishi rejasi tufayli bartaraf etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish